So'nggi yangilanish: 18-may, 2026-yil
Ushbu hujjat Zaman Xorijiy Tillar Akademiyasi (keyingi o'rinlarda — «Ijrochi») tomonidan jismoniy shaxslarga (keyingi o'rinlarda — «O'quvchi») Arab tili o'qitish xizmatlarini ko'rsatishning ommaviy ofertasidir.
Ijrochi O'quvchi tomonidan tanlangan ta'lim dasturi bo'yicha Arab tili kurslarini tashkil etish va o'tkazish majburiyatini oladi. O'quvchi xizmatlar uchun haq to'lash majburiyatini oladi.
Xizmat narxi tanlangan kurs va dasturga qarab belgilanadi. Joriy narxlar saytda «Narxlar» bo'limida ko'rsatilgan. To'lov naqd, Uzcard, Click va boshqa to'lov ilovalari orqali qabul qilinadi. Bo'lib to'lash imkoniyati 1 oy davomida mavjud.
Ijrochi sifatli ta'lim xizmatini ko'rsatish va belgilangan jadval asosida darslarni o'tkazish majburiyatini oladi. O'quvchi darslarga muntazam qatnashish va belgilangan muddatlarda to'lov amalga oshirish majburiyatini oladi.
Tomonlar o'rtasidagi nizolar muzokara yo'li bilan, kelishuvga erishilmasa O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida hal etiladi.
Zaman Xorijiy Tillar Akademiyasi
Toshkent sh., Olmazor t., Qiziltut tor ko'chasi 84-1
Tel: +998 90 041 00 42
Telegram: @arabtili_admin